Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etdi. U Saudiyaga uchib ketadi
Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etdi. U Saudiyaga uchib ketadi
41 yoshli hujumchi Madriddagi shaxsiy samolyotiga chiqib, klubiga yo‘l oladi.
Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa yig‘inini tark etdi va yaqin soatlarda Madriddagi shaxsiy samolyotiga chiqib, Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
1 oktyabr, payshanba kuni Portugaliya Millatlar ligasining 3-turi doirasida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Kopenhagen shahridagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushning jamoada hech qanday nizo yo‘qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, milliy jamoa mashg‘ulotini tark etgani xabar qilingandi. Shuningdek, murabbiy matbuot anjumanida Ronalduning Daniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.
Portugaliya Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ronaldu Uelsga (1:0) qarshi bahsda 67 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Norvegiya (2:1) bidan o‘yinda esa futbolchi maydonga tushmadi.