locale OZ

Valijon Rahimov – «Navbahor» futbolchisi

Rahimov 2021 yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valijon Rahimov – «Navbahor» futbolchisi
Фото: Навбаҳор ПФК

Tajribali darvozabon Valijon Rahimov “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Valijon Rahimov – 1995 yil, 16 fevralda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan.

Faoliyati davomida “Xorazm” (Urganch, 2012 – 2014 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2014-2017 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv-BFK” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi), Turkiyaning “Sultan Orharspor” (2018 yil), “1920 Maras spor” (2018 yil), “Kayirova spor” (2019 yil), shuningdek, OKMK (Olmaliq, 2020-2024 yillar), “Andijon” (Andijon, 2025 yilning 1-davrasi), "Bunyodkor" (Toshkent, 2025 yilning 2-davrasi) jamoalarida o‘ynagan.

Valijon Rahimov 2021 yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi.

“Valijon Rahimovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin seyvlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz”, - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting