locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Vadim Abramov: \"O‘yindagi tezkor gollar va chetlatish yirik natijaga sabab bo‘ldi\"

Futbol 08 iyn 2025 da 18:03
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Vadim Abramov: "O‘yindagi tezkor gollar va chetlatish yirik natijaga sabab bo‘ldi"
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi “Dinamo” - “Lochin” (5:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jamoa tezkor gol urishga intildi va natijada o‘yin nisbatan osonroq kechdi. Bugun xotirjamlik bilan g‘alaba qozondik. O‘yindagi tezkor gollar va chetlatish yirik natijaga sabab bo‘ldi. Raqib kamchilikda qolgach, oradagi farq yaqqol bilindi. Shunga qaramay, raqib jamoaning harakatlarini alohida qayd etishim kerak”

Xet-trikka erishgan Mirjahon Mirahmadov va Firdavs Abdurahmonovning o‘yini haqida?

“Ular o‘z ishlarini qilishdi. Har ikki futbolchi ham hujumchi, gol urish ularning vazifasi. Bu gollardan keyin ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch oshishiga umid qilaman, har ikki o‘yinchi uchun ham xursandman”

Ratinoning zaxiraga olingani sariq kartochka bilan bog‘liqmi?

“Ha, ogohlantirish bilan ham bog‘liq, ammo u birinchi bo‘limdan keyin kichik jarohat bilan harakat qilayotgandi. Oldinda muhim o‘yinlar ham bor”

Chorakfinalda qaysidir raqibni kutamanmi?

“Yo‘q, qur'a bizga kimni tushirsa o‘sha jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Kimnidir yoki qaysidir jamoani kutmayman”

“Xorazm”ga qarshi o‘yin?

“Ha, navbatdagi turda “Xorazm” bilan bahs kutib turibdi, raqibni hurmat qilamiz. Endi ushbu o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz”, - dedi Vadim Karlenovich.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting