\"Dinamo\" O'zbekiston kubogi chorak finaliga yo'llanma oldi
PHOTO: Telegram
O'zbekiston kubogi chorak final yo'llanmasi uchun bo'lib o'tadigan bahslar doirasida “Dinamo” hamda “Lochin” jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Ushbu o'yinda samarqandliklar yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. “Lochin” jamoasi bellashuvni ikki kishi kam bo'lib yakunladi. “Dinamo” 5:0 “Lochin”
Gollar: Mirjahon Mirahmadov, 3 (1:0), Mirjahon Mirahmadov, 24 (2:0), Mirjahon Mirahmadov, 30 (3:0), Firdavs Abdurahmonov, 62 (4:0), Firdavs Abdurahmonov, 67 (5:0)
Qizil kartochkalar: Asadullaxon Polvonov, 6 (Lochin), Elbek Otaqulov, 71 (Lochin)
Ibrohim Jalolov
Redaktor