locale OZ

Umar Adhamzoda – “Navbahor” futbolchisi

Tajribali himoyachi Umar Adhamzoda jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Umar Adhamzoda – “Navbahor” futbolchisi
photo: Navbahor FK

Tajribali himoyachi Umar Adhamzoda jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

"Umar Adhamzoda – 1998 yil, 4 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2017 – 2019 yillar), “Istiqlol” (Farg‘ona, 2020 yilning 1-davrasi), “Neftchi” (Farg‘ona, 2020 yilning 2-davrasi – 2023 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2024-2025 yillar) jamoalarida o‘ynagan.

Yakunlangan mavsumda “Paxtakor” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1596 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urgan holda, kubok sohibiga aylandi.
Umar Adhamzodaning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz",-deb yoziladi Navbahor rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting