Ulug‘bek Baqoyev: «G‘alabani saqlab qolish uchun ko‘proq himoyalanishga o‘tdik»
Superliganing 17-turida «Surxon» va «So‘g‘diyona» bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Oxirgi paytlarda g‘alabalar qozonib kelayotgan jizzaxliklar bu turda ham g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Mehmonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:3 hisobida jizzaliklar g‘alaba qozondi va muxlislarni xursand qildi. O‘yindan keyin g‘olib jamoa ustozi Ulug‘bek Baqoyev quyidagi fikrlarni bilidrdi.
«Avvalo, birinchi taym haqida gapiradigan bo‘lsak. O‘yinni boshladik. Birinchi taymda «Surxon» jamoasi ustunlik qildi, ular doim bizdan tezroq harakat qildi. To‘p nazorati ham yuqori bo‘ldi. Ular gol urdi, biz esa gol o‘tkazib yubordik. Bu nimadan kelib chiqdi?
Eng ehtimolli sabab — «Andijon»ga qarshi o‘yindan keyin to‘liq tiklana olmaganimiz bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ikkinchi taymda bir qator almashtirishlarni amalga oshirdik, o‘yinda qayta tuzilish qildik. Shundan so‘ng vaziyatlar yarata boshladik va chiroyli gollar urdik.
2:1 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin tabiiyki, g‘alabani saqlab qolish uchun ko‘proq himoyalanishga o‘tdik. O‘yin oxirida esa tezkor qarshi hujumga chiqib, uchinchi golni ham urdik.
Yigitlarga bugungi o‘yindagi harakati, o‘zini ayamay maydonda kurashgani va g‘alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Baqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.