locale OZ

Ulugʻbek Baqoyev: Afsuski, tushunarsiz vaziyatda gol o‘tkazib yubordik

Soʻgʻdiyona - Bunyodkor 2-3 uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ulugʻbek Baqoyev: Afsuski, tushunarsiz vaziyatda gol o‘tkazib yubordik
photo: So'g'diyona fk
O‘zbekiston Superligasi
19.04.2026, Yak.
So'g'diyona
2
Bunyodkor
3

Superliga 8-tur. Soʻgʻdiyona - Bunyodkor 2-3 uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinni juda yaxshi boshladik, tezkor ikkita gol urdik. Shundan keyin hisobni yanada yiriklashtirish imkoniyatimiz ham bor edi. Afsuski, tushunarsiz vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa standart vaziyatdan yana gol o‘tkazdik va yakunda uchrashuvni boy berdik.

Eng achinarlisi — 2:0 hisobida oldinda borib turib, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lish. Bu, albatta, jamoa uchun og‘ir psixologik zarba bo‘ldi.

Ijobiy jihatlari ham bor: jamoamiz gol ura boshladi, hujum chizig‘imiz samarali ishlayapti. Shu bois hozir kimnidir ayblashni to‘g‘ri deb hisoblamayman.

Endi asosiy e’tibor — keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik koʻramiz. Yigitlarga maydondagi harakati va fidoyiligi uchun rahmat. Oldinga qarab harakat qilamiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting