Uilshir «Luton Town»ni boshqaradi
Bugun klub uni rasmiy e'lon qilishi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir ilk bor bosh murabbiy sifatida ishini davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli mutaxassis Angliya birinchi ligasi (uchinchi divizion) vakili "Luton Town"ni boshqarishga rozi bo'ldi,
Tomonlar hamkorlikning barcha shartlarini hal qildilar – tayinlov dushanba kuni rasmiy e'lon qilinadi.
Jek Uilshir 2022 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan so'ng ingliz darhol "Arsenal" yoshlar jamoasida murabbiylik lavozimini egalladi va 2024 yil oktyabridan 2025 yilning mayigacha "Norwich"da bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist