Tezkor! “Paxtakor” futbolchisi faoliyatini Yevropada davom ettirishga yaqin turibdi
FОТО: FC Paxtakor
Toshkentning “Paxtakor” klubi vingeri Muhammadali O'rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, O'rinboyevga “Antverpen” klubi qiziqish bildirmoqda va uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ushbu jamoa besh karra Belgiya chempioni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hamyurtimiz Angliyaning “Brentford B” jamoasida ham bir muddat to'p surgandi.
Ma'lumot uchun, 20 yoshli O'rinboyev joriy mavsum “Paxtakor” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 450 ming yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist