locale OZ

Tebas va Laporta AQShda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻyin haqida muhokama oʻtkazish uchun belgilangan yigʻilishga kelmadi

Avvalroq, La Liga doirasidagi «Barselona» va «Vilyarreal» oʻrtasidagi bahs Mayamida boʻlib oʻtishi aytilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tebas va Laporta AQShda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻyin haqida muhokama oʻtkazish uchun belgilangan yigʻilishga kelmadi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
09.11.2025, Yak.
Selta Vigo
2
Barselona
4

La Liga, «Barselona» va «Vilyarreal» rahbariyati jamoa sardorlari bilan AQShda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻyin haqida muhokama oʻtkazish uchun belgilangan yigʻilishga kelmagan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi «Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvi Mayamidagi «Hard Rock» stadionida boʻlib oʻtishi maʼlum qilingandi.

Manbaga koʻra, «sariq suvosti kemasi» prezidenti Fernando Roch, «ko‘k-anorranglilar» rahbari Joan Laporta hamda La Liga prezidenti Xaver Tebas yigʻilishga tashrif buyurmagan.

Ular uchrashuv sanasini futbolchilar mashgʻulotda yoki o‘yinlarda boʻladigan paytlarga ko'chirishni taklif qilgan, bu esa sardorlarning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishini murakkablashtiradi, degan fikrni bildirgan.

Shu bilan birga, jamoa sardorlari oʻz huquqlari La Liga bilan tuzilgan kelishuv doirasida qanday amalga oshirilishini, tushgan mablagʻlar qanday taqsimlanishini va bunday o'yinlar qanchalik tez-tez o'tkazilishini bilishni istamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting