locale OZ

Levandovski soʻnggi 10 yillikdagi eng koʻp xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi

Polshalik forvard «Selta»ga qarshi bahsda uchta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski soʻnggi 10 yillikdagi eng koʻp xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
09.11.2025, Yak.
Selta Vigo
2
Barselona
4

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 12-turi doirasida «Selta» darvozasiga 3 ta gol urib, soʻnggi oʻn yillikdagi eng koʻp xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi.

Polshalik forvard bu oʻyinda oʻzining 26-xet-trigini amalga oshirdi. Unga bu natijaga erishish uchun 556 ta oʻyin kerak boʻldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u eng yaqin raqiblarini ortda qoldirdi.

Soʻnggi 10 yillikdagi eng koʻp xet-trik qayd etgan futbolchilar:

1. Robert Levandovski — 556 oʻyin, 26 xet-trik.

2. Harri Keyn — 558 oʻyin, 25 xet-trik.

3. Krishtianu Ronaldu — 413 oʻyin, 23 xet-trik.

4. Lionel Messi — 451 oʻyin, 23 xet-trik.

5. Kilian Mbappe — 536 oʻyin, 23 xet-trik.

6. Erling Holand — 296 oʻyin, 21 xet-trik.

7. Serxio Aguero — 252 oʻyin, 10 xet-trik.

8. Luis Suares — 367 oʻyin, 10 xet-trik.

9. Vissam Ben-Yedder — 388 o‘yin, 10 xet-trik.

10. Pyer-Emerik Obameyang — 408 o'yin, 10 xet-trik.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting