La Liga. «Barselona» safarda «Selta»ni magʻlub etib, «Real» bilan oradagi farqni qisqartirdi
Ispaniya La Ligasining 12-turidan oʻrin olgan bahsda «Barselona» safarda «Selta» mehmoni boʻldi va yakunda yirik 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Kataloniyaliklar safidan gollarga Robert Levandovski (xet-trik) va Lamin Yamal mualliflik qilgan boʻlsa, mezbonlarning javob toʻplari Serxio Korreyra va Borxa Iglesias nomiga yozildi.
Shu tariqa, «Barselona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 28 taga yetkazib, ikkinchi oʻrinda bormoqda va «Real» bilan oradagi farqni uch ochkogacha qisqartib oldi. «Selta» esa 13 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga. 12-tur
«Selta» — «Barselona» 2:4
Gollar: Korreyra (11), Iglesias (43) — Levandovski (pen. 10, 37, 73), Yamal (45+3).
Selta — Radu, Fernandes (Roman, 78), Starfelt, Alonso, Mingesa (Rodriges, 46), Sotelo (Al Abdullaui, 78), Moribo, Korreyra, Yutgla (Saragosa, 58), Duran, Iglesias (Aspas, 70).
Barselona — Shesni, Garsiya, Arauxo, Kubarsi, Balde (Martin, 86), De Yong, Olmo (Kristensen, 86), Fermin, Yamal (Bernal, 90+7), Reshford (Torres, 88), Levandovski.