locale OZ

\"Surxon\" legioneri bilan shartnomani bekor qildi

U termizliklar safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Surxon" legioneri bilan shartnomani bekor qildi
Photo: Surkhan PFK

Termizning "Surxon" klubi rossiyalik legioneri Kirill Kolesnichenko bilan shartnomani bekor qilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko o‘zaro kelishuv asosida “Surxon” klubi bilan shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. U termizliklar safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, “gol+pas” tizimi bo‘yicha 5 ochko (2 ta gol va 3 ta golli uzatma) jamg‘ardi.

Klub nomidan Kirillga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz va birgalikdagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting