locale OZ

«Surxon» futbolchisi «Andijon»ga yo‘l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» futbolchisi «Andijon»ga yo‘l oldi
Photo: Surkhan PFK

"Surxon" klubi himoyachisi Sunnatulloh Hamidjonov ijara asosida "Andijon" klubiga yo‘l oldi.

Futbolchi shu yil oxirigacha "burgutlar" safida to‘p suradi.

Joriy mavsumda u "Surxon" tarkibida jami 13 ta bellashuvda maydonga tushgan va 1078 daqiqa harakat qilgan.

Futbolchi bunga qadar, 2021 yilda ham "Andijon" safida to‘p surgan.

Avvalroq Jahongir Abdusalomov jamoani tark etgandi, Abdug‘afur Haydarov esa mavsum oxirigacha “Qo‘qon-1912” jamoasiga ijaraga berilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting