locale OZ

Superliganing 22-turida «Neftchi» safarda «Lokomotiv»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi

Bahsdagi yagona gol 62-daqiqada kiritildi. Zoran Marushich mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, «Neftchi»ga g‘alaba keltirdi.
Superliganing 22-turida «Neftchi» safarda «Lokomotiv»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
20.09.2026, Yak.
Lokomotiv Tashkent
0
Neftchi Fargona
1

Superliganing 22-turida «Neftchi» safarda «Lokomotiv»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsdagi yagona gol 62-daqiqada kiritildi. Zoran Marushich mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, «Neftchi»ga g‘alaba keltirdi.

Qolgan vaqtda «Lokomotiv» hisobni tenglashtirishga harakat qildi, biroq «Neftchi» himoyasi raqibga gol urish imkonini bermadi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 35 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Neftchi» ochkolarini 51 taga yetkazib, yana peshqadamlikka qaytdi. Farg‘ona jamoasi «Paxtakor»dan 2 ochko oldinda bormoqda.

Superliga. 22-tur
Lokomotiv — Neftchi 0:1
Gol:
Marushich 62.

Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Abrayev, 72), Nurullayev (Bahodirov, 72), Abduxoliqov, Ivanov, Shushnyar, Mirzayev, Kucherenko, Yo‘ldoshev, Muhammadiyev (Yaxshiboyev, 57), Zoteyev.
Neftchi: Ergashev, Alibayev, Ismoilov (Toshmirzayev, 69), Iskanderov, Abdug‘aniyev, G‘ofurov, Odilov (G‘iyosov, 69), Marushich (Peritsa, 69), Sayfiyev, Kuao, Ratino (Ubaydullayev, 81).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting