locale OZ

Superligada bugun 22-tur start oladi

Turga 21 sentyabr kuni "Xorazm" — "Qizilqum" bahsi yakun yasaydi.
Superligada bugun 22-tur start oladi
Фото: UzPFL

Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasida 22-tur bahslariga start beriladi. Turning dastlabki uchrashuvida "Navbahor" o‘z maydonida Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi.

22-turning qolgan bahslari 19–21 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. 19 sentyabrda "Mash’al" — "Paxtakor" va "Bunyodkor" — "Buxoro", 20 sentyabrda "Andijon" — "Nasaf", "Surxon" — "Qo‘qon-1912", "So‘g‘diyona" — OKMK hamda "Lokomotiv" — "Neftchi" uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting