Superligada 23-tur uchrashuvlari sanalari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasida 23-tur doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarning sanalari ma’lum bo‘ldi. Navbatdagi tur bahslari 7–11 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
9 oktabr kuni amaldagi chempion «Paxtakor» o‘z maydonida «Bunyodkor»ga qarshi bahs olib boradi. Shu kuni yana «Qo‘qon-1912» — «Mash’al», «Buxoro» — «Andijon» hamda «Nasaf» — «Dinamo» uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.
11 oktabr kuni esa 23-turining qolgan ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Olmaliqda OKMK — «Navbahor» bahsi o‘tkazilsa, «So‘g‘diyona» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan kuch sinashadi.
23-tur uchrashuvlari jadvali:
7 oktabr: «Neftchi» — «Xorazm»
9 oktabr: «Paxtakor» — «Bunyodkor»
9 oktabr: «Qo‘qon-1912» — «Mash’al»
9 oktabr: «Buxoro» — «Andijon»
9 oktabr: «Nasaf» — «Dinamo»
10 oktabr: «Qizilqum» — «Surxon»
11 oktabr: OKMK — «Navbahor»
11 oktabr: «So‘g‘diyona» — «Lokomotiv»