locale OZ

Superliga. «Xorazm» o‘z maydonida «Navbahor» bilan durang o‘ynadi

Superligada 24-tur uchrashuvlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Xorazm» o‘z maydonida «Navbahor» bilan durang o‘ynadi
Фото: Хоразм ПФК

Superliga 24-turidan o‘rin olgan ilk o‘yinda "Xorazm" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlab 23-daqiqada Abbos G‘ulomov mehmonlarni penaltidan hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada mezbonlar himoyachisi Diyor Ortiqboev to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 71-daqiqada Murodbek Bobojonov muvozanatni tikladi. U ham 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

Natijada "Navbahor" 37 ochko bilan 7-o‘rinda. "Xorazm" hisobida 21 ochko bor (14-pog‘ona).

Superliga, 24-tur

Xorazm - Navbahor - 1:1

Gollar: 0:1 – 23, Abbos G‘ulomov (penalti), 1:1 – 71, Murod Bobojonov (penalti).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting