Superliga tur o‘yinlari bo‘yicha hakamlar va instruktorlar ishtirokida tahlil yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda bosh hakamlar, yordamchi hakamlar hamda instruktorlar ishtirok etdi.
Фото: UzFHM
Superliga bahslariga tayyorgarlik doirasida Zoom platformasida navbatdagi onlayn tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlar markazi xabar berdi.
Unda bosh hakamlar, yordamchi hakamlar hamda instruktorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan tur uchrashuvlaridagi muhim holatlar ko‘rib chiqildi. Yakunda instruktorlar tomonidan FIFA va OFK tavsiyalariga asosan hakamlarga keyingi tur bahslarida xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist