Superliga. \"Surxon\" Termizda \"Buxoro\" bilan murosa ko‘chasini tanladi
Photo: Surkhan PFK
O‘zbekiston Superligasining 15-turida "Surxon" klubi Termizda "Buxoro"ni qabul qildi.
Uchrashuvda ko‘plab vaziyatlar yaratildi, biroq ulardan natija chiqmadi. Shunday qilib, har ikki jamoa bittadan ochko bilan bo‘lishib oldi.
Mazkur durangdan so‘ng surxondaryoliklar 18 ochko bilan 8-o‘rinda bo‘lsa, buxoroliklar 13 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
Superliga, 15-tur
4 iyul, juma
"Surxon" — "Buxoro" 0:0
Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing:

Bahrom Bobonov
Redaktor