locale OZ

Superliga. \"So‘g‘diyona\" o‘z maydonida \"Xorazm\"ni mag‘lub etdi

13-tur o‘yinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Xorazm"ni mag‘lub etdi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH

O‘zbekiston chempionatida 13-tur o‘yinlari start oldi.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” klubi “Xorazm”ni qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Lyupcho Doriev hisobiga yozildi. Shimoliy Makedoniyalik hujumchi raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, gol urdi.

Har ikki jamoada ham o‘yin davomida gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi, biroq omad jizzaxliklar tomonida bo‘ldi.

Natijada “So‘g‘diyona” uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Xorazm” esa 14 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

Superliga. 13-tur

“So‘g‘diyona” 1:0 “Xorazm”

Gol: Lyupcho Doriev 83.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting