locale OZ

Superliga. \"Sog'diyona\" Jizzaxda \"Qo'qon-1912\"ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Sog'diyona" Jizzaxda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH

O‘zbekiston Superligasining 15-turida “Sog‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limning 36-daqiqasida qo‘qonliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini Lyupcho Dorieyev aniq amalga oshirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Dorieyev dublga erishdi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalaridan mehmonlar hujumga o‘tdi va 47-daqiqada Muhammadanas Hasanov hisobni qisqartirdi. Mazkur hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alaba bilan jizzaxliklar 16 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘qonliklar esa 12 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.

Superliga. 15-tur

4 iyul, juma

“Sog‘diyona” — “Qo‘qon-1912” 2:1

Gollar: Lyupcho Dorieyev, 36 pen (1:0), Lyupcho Dorieyev, 41 (2:0), Muhammadanas Hasanov, 47 (2:1)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting