Superliga. «So'g'diyona» G'uzorda «Sho'rtan»ni mag'lub etdi
Jizzax klubi 8-o'ringa ko'tarildi.
Фото: Сўғдиёна ПФК
Superliga 24-turida "So'g'diyona" G'uzorda "Sho'rtan"ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo'ldi va ular muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Mehmonlar safida Shohruh Abdurahmonov va Sardor Rahmonov gol muallifiga aylandi, "Sho'rtan"ning yagona goli esa Islom Kenjabayev tomonidan kiritildi.
Natijada g'uzorliklar 12 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda. "So'g'diyona" esa 28 ochko to'plab, 8-o'ringa ko'tarildi.
Superliga. 24-tur
"Sho'rtan" 1:2 "So'g'diyona"
Gollar: Shohruh Abdurahmonov, 23 (0:1), Sardor Rahmonov, 50 (0:2), Islom Kenjabayev, 61 (1:2)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist