locale OZ

Superliga. «Sho‘rtan» so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Sho‘rtan» so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston chempionatining 20-turida “Sho‘rtan” klubi o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi.

Gollarga boy kechgan qarama-qarshilikda 3:3 hisobi qayd etildi. Doniyor Narzullayev 2 va 33-daqiqalarda gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Pedro Augusto 22 va 60-daqiqalarda ikki bora “Sho‘rtan” darvozasini ishg‘ol etdi.

Shu tariqa, “Sho‘rtan” ochkolarini 11 taga yetkazib oldi. “Navbahor” hisobida 32 ochko mavjud.

Superliga. 20-tur
“Sho‘rtan” – “Navbahor” 3:3
Gollar: Doniyor Narzullayev, 2 (1:0), Pedro Augusto, 22 (1:1), Doniyor Narzullayev, 33 (2:1), Pedro Augusto, 60 (2:2), Abbosjon G‘ulomov, 79 (2:3), Po‘lathuja Xoldorxonov, 90+6 (3:3)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting