locale OZ

Superliga. \"Sho‘rtan\" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Sho‘rtan" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Photo: UzPFL

Superliga 9-turining so‘nggi o‘yinida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida autsayder “Sho‘rtan”ni qabul qildi.

Biroz zerikarli kechgan o‘yinda tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi. 77-daqiqada Otabek Ahadov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalarda esa Islom Qobilov muvozanatni tikladi, - 1:1.

Ivan Boshkovich shogirdlari ushbu durangdan so‘ng ochkolari sonini 8 taga yetkazib, 13-o‘rinni egalladi. “Sho‘rtan” esa 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Superliga. 9-tur

“So‘g‘diyona” 1:1 “Sho‘rtan”

Gollar: Islom Qobilov 90+5 - Otabek Ahadov 77 (avtogol)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting