Superliga. “Paxtakor” so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
27.06.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
2
Paxtakor Toshkent
2
O'zbekiston Superligasi 14-turidan o'rin olgan bahsda “Nasaf” va “Paxtakor” o'zaro to'qnash keldi va yakunda tomonlar jangovor durangga imzo chekishdi.
Dastlab, “ajdarlar” Husayn Norchayev dubli evaziga ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Biroq “sherlar” so'nggi daqiqalarda Brayan Riaskos va Dostonbek Hamdamovlarning gollari evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Shu tariqa, tomonlar bir ochkodan bo'lishib oldi.
O'zbekiston Superligasi | 14-tur
“Nasaf” 2:2 “Paxtakor”
Gollar: Husayn Norchayev, 29 (1:0), Husayn Norchayev, 62 (2:0), Broyan Riaskos, 90 (2:1), Dostonbek Hamdamov, 90+3 (2:2).
Nasrullo Karimov
Jurnalist