Superliga. «Paxtakor» 10 kishi bo'lib qolgan «Qizilqum»ni yirik hisobda mag'lub etdi
"Sherlar" yana uchinchi o'ringa ko'tarildi.
Фото: Қизилқум ПФК
Superliga 25-turida “Paxtakor” Toshkentda “Qizilqum”ni qabul qildi.
Bellashuv 3:0 hisobida “sherlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda dastlab Igor Sergeev 21-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Bo‘lim yakunida Zaid Tahsin ikkinchi golga mualliflik qildi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida esa yana Sergeev penaltini bexato bajargan holda hisobni yiriklashtirdi.
Bu natijadan so‘ng “Paxtakor” 49 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Navoiyliklar esa 29 ochko bilan 9-pog‘onada.
Superliga. 25-tur
“Paxtakor” 3:0 “Qizilqum”
Gollar: Igor Sergeev, 21 pen (1:0), Zaid Tahsin, 45 (2:0), Igor Sergeev, 82 pen (3:0)
Chetlatish: Roman Papariga, 50 (Qizilqum)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist