Superliga. OKMK Olmaliqda «Navbahor» ustidan g‘alaba qozondi
"Konchilar" 5-o‘rindagi "Bunyodkor"ga yaqinlashdi.
Фото: Навбаҳор ПФК
O‘zbekiston chempionatining 28-turida OKMK klubi Olmaliqda “Navbahor”ni qabul qildi.
Uchrashuv 3:1 hisobida Mirjalol Qosimov boshqaruvida “konchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ali Abdurahmonov, Ruben Sanchez va Nodirbek Abdurazzoqov gollar muallifi bo‘ldi. Mehmonlarning yagona golini Zabihullo Orinboev kiritdi.
Bu g‘alabadan so‘ng OKMK ochkolari sonini 44 taga yetkazib, 6-o‘rinda bormoqda. “Navbahor” esa 38 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.
Superliga. 28-tur
OKMK 3:1 “Navbahor”
Gollar: Ali Abdurahmonov, 27 (1:0), Ruben Sanchez, 28 (2:0), Nodirbek Abdurazzoqov, 40 (3:0), Zabihullo Orinboev, 81 (3:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist