locale OZ

Superliga. \"Neftchi\" qoldirilgan o'yinda \"Dinamo\" ustidan g'alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Neftchi" qoldirilgan o'yinda "Dinamo" ustidan g'alaba qozondi
Photo: Neftchi PFK

"Dinamo" va "Neftchi" o'rtasidagi Superliga 7-turining qoldirilgan bahsi nihoyasiga yetdi.

Unda fargonaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, 24-daqiqada Ibrohimhalil Yo'ldoshev hisobni ochdi. Uchrashuvning 78-daqiqasida Abrorbek Ismoilov samarqandliklar posbonining xatosidan unumli foydalangan holda ikkinchi golni urdi.

Natijada Vitaliy Levchenko shogirdlari 27 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi. “Dinamo” hisobida 28 ochko bo'lib, ular 2-pog'onada qoldi.

Superliga. 7-tur (qoldirilgan o'yin)

“Dinamo” 0:2 “Neftchi”

Gollar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 24 (0:1), Abrorbek Ismoilov, 78 (0:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting