Superliga. «Neftchi» «Navbahor» bilan bahsda so'nggi daqiqalardagi gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi
Superliga 14‑turidan o‘rin olgan yana uchta bellashuv yakuniga yetdi. Turning markaziy bellashuvida «Neftchi» (35, 1-o‘rin) Farg‘onada «Navbahor»ni (22, 6-o‘rin) qabul qilib, durang qayd etdi.
Dastlab mehmonlar uchrashuvning 3-daqiqasidayoq bahsdagi hisobni ochgan bo'lishsa, o'yin qo'shib berilgan 8 daqiqaning 7-sida mezbonlar hisobni tenglashtirishdi.
Superliga. 14-tur
Neftchi – Navbahor 1:1
Gollar: Anvar G‘ofurov 90+7 – Muhammadali Usmonov 3
Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumayev (15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 83), 18.Stipe Peritsa (32.Zoran Marushich, 60), 20.Anvarjon G‘ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullayev (9.Xurshid G‘iyosov, 61), 22.Alisher Odilov (34.Farruh Sayfiyev, 60), 77.Ratino (8.Vladimir Yovovich, 61)
Navbahor: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islom Mamatkazin, 7.Ruslan Jiyanov (5.Dilshod Komilov, 80), 8.Diyor Xolmatov (6.Shohruh Abdurahmonov, 80), 11.Husayn Norchayev (28.Joel Kojo, 87), 13.Benjamin Teydi, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (20.Quvondiq Ro‘ziyev, 80), 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov (17.Muhammadali G‘iyosov, 61)