Superliga. «Navbahor» Toshkentda «Lokomotiv» ustidan zafar quchdi
O‘zbekiston chempionatida 8-tur uchrashuvlari boshlandi.
Фото: Локомотив ПФК
O‘zbekiston chempionatining 8-tur bahslari boshlandi. Turning ilk uchrashuvida “Navbahor” Toshkentda “Lokomotiv” bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
“Lochinlar” safida Vanya Ilich va Ruslanbek Jiyanov mualliflik qilgan gollar bilan ajralib turishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Navbahor” ochkolari sonini 18 taga yetkazib, peshqadamlar qatoriga qo‘shildi. “Lokomotiv” esa 11 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.
Superliga. 8-tur
“Lokomotiv” – “Navbahor” 0:2
Gollar: Vanya Ilich, 3 (0:1), Ruslanbek Jiyanov, 16 pen (0:2)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist