Superliga. «Navbahor» qiyinchilik bilan «Bunyodkor»ni mag'lub qildi
Superliga 17-turida «Navbahor» Namanganda «Bunyodkor»ga qarshi bellashdi.
Gollar shousida «lochinlar» 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Norchayev o‘yinda yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, «Navbahor» ochkolari sonini 31 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Bunyodkor» esa 19 ochko bilan 11-pog‘onada.
Superliga. 17-tur
Navbahor – Bunyodkor 4:3
Gollar: Muhammadali G‘iyosov, 5 (1:0), Husayn Norchayev, 19 penalti (2:0), Sardor Abdunabiyev, 38 (2:1), Dmitriy Pletnyov, 52 (2:2), Diyor Xolmatov, 63 (3:2), Faxriddin Muhammadov, 70 (3:3), Ruslanbek Jiyanov, 89 penalti (4:3)
Navbahor: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchayev, 13.Benjamin Teydi (28.Joel Kojo, 83, 17.Muhammadali G‘iyosov (6.Shohruh Abdurahmonov, 35, 3.Zafarbek Rahimjonov, 83), 22.Umar Adhamzoda, 30.Jasurbek Jaloliddinov (7.Ruslanbek Jiyanov, 55), 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov (23.Vanya Ilich, 55).
Bunyodkor: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov, 10.Amir To‘raqulov, 11.Sardor Abdunabiyev (81.Abdusamir Ilhomov, 88), 13.Muhammad Hakimov, 20.Abdulfayz Bobomurodov (39.Fahriddin Muhammadov, 62), 21.Nosirjon Abdusalomov (56.Abdulqodir Mirfayziyev, 88), 27.Islom Anvarov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov.