Superliga. “Nasaf” safarda “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turida “Andijon” klubi “Nasaf”ni o‘z maydonida qabul qildi. Unda mehmonlar 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab Rustam Turdimurodov penaltidan hisobni ochdi. Ammo tanaffusga qadar Adenis Shala muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda “ajdarlar” uch bor “burgutlar”ni ojiz qoldirdi. Abbosjon G‘ulomov, Abduvohid Ne’matov va Yusuf Otubanjo gollarni o‘z hisoblariga yozib qo‘ydi.
Shunday qilib, “Nasaf” ochkolari sonini 34 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” esa 30 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.
Superliga. 22-tur
“Andijon” – “Nasaf” 1:4
Gollar: Rustam Turdimurodov, 21 penaltidan (1:0), Adenis Shala, 38 (1:1), Abbosjon G‘ulomov, 53 (1:2), Abduvohid Ne’matov, 81 penaltidan (1:3), Yusuf Otubanjo, 88 (1:4)