locale OZ

Superliga. \"Nasaf\" markaziy o‘yinda \"Navbahor\"dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Nasaf" markaziy o‘yinda "Navbahor"dan ustun keldi
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston Superligasi 12-turining markaziy o‘yinida "Nasaf" klubi Qarshida "Navbahor"ni qabul qildi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar har doim qiziqarli va murosasiz o‘tgan. Bu safargi o‘yin ham avvalgilaridan aslo qolishmadi.

O‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 78-daqiqada Dragan Cheran tomonidan penaltidan kiritildi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Nasaf" ochkolari sonini 28 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. "Navbahor" esa 20 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Superliga. 12-tur

"Nasaf" 1:0 "Navbahor"

Gol: Dragan Cheran 78 pen

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting