Superliga. «Nasaf» - «Andijon» bahsi prevyusi
Superliga 17-turida "Andijon" 7-avgust kuni safarda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushishidan xabaringiz bor.
Turning mazkur markaziy to‘qnashuviga qiziqish juda katta.
Shu kungacha jamoalar milliy chempionatda 47 marta maydonda kuch sinashishgan. "Andijon"da 7, "Nasaf"da 28 ta g‘alaba bor. 12 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 51-99 qarshiliklar foydasiga.
Joriy yilning birinchi davrasida Andijondagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Shuningdek, 27-may sanasida ham jamoalar O‘zbekiston Superkubogida to‘qnashishgan va unda 1:0 hisobi qayd etilgan.
"Andijon" Superligada "Nasaf" ustidan so‘nggi marta 2023-yili Qarshida 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" – "Andijon" bahsi 7-avgust kuni "Nasaf" stadionida soat 20:00 da boshlanadi.