Superliga. «Dinamo» Termizda «Surxon»ni mag‘lub etdi
Ikki gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Фото: UzPFL
Superliga 24-turida "Dinamo" safarda "Surxon"ni mag‘lub etdi - 2:0.
Samarqandliklar safida Firdavs Abdurahmonov 7-daqiqada, Jahongir Abdusalomov esa 29-daqiqada gol muallifiga aylandi.
Bu natijadan so‘ng "Dinamo" 44 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. "Surxon" esa 25 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar turnir jadvalida “Paxtakor”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Superliga, 24-tur
04.10.2025, shanba, 17:00
“Surxon” - “Dinamo” - 0:2
Gollar: Firdavs Abdurahmonov, 7 (0:1), Jahongir Abdusalomov, 29 (0:2).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist