Superliga. «Dinamo» Samarqandda «Sho‘rtan»dan ustun keldi
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Sho‘rtan" uchrashuvi yakunlandi.
Bahsda samarqandliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
14-daqiqada Anvar Hojimirzayev va 90+3-daqiqada Behruzbek Obloqulov tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga 3 ochko keltirdi.
Natijada "Dinamo" 41 ochko bilan uchinchi 4-o‘rinda. "Sho‘rtan" esa 12 ochko bilan so‘nggi 16-pog‘onadan joy olgan.
Superliga, 23-tur
Dinamo - Sho‘rtan - 2:0
Gol: Anvar Hojimirzayev 14, Behruzbek Obloqulov 90+3.
Dinamo: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Jorani Ferreira, Sanjar Qodirqulov (Oybek O‘rmonjonov, 46), Anvarjon Hojimirzayev (Bahodir Nasimov, 85), Richard Friday (Behruzbek Obloqulov, 46), Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir Abdusalomov, Dmitriy Pletnyov, Mahmudjon Mahamajonov.
Sho‘rtan: Shohruh Eshbo‘taev, Odilbek Abdumajidov, Po‘lathoja Xoldorxonov, Temur Mamasidiqov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Sardor Sa’dullaev, Doniyor Narzullaev (Abubakr Rizo Turdialiev, 67), Bekjon Rahmatov (Choriyor Tursunqulov, 67), Azizbek Pirmuhammadov, Mirjalol Jumayev, Islomjon Kenjaboyev.