Superliga. «Dinamo» G‘uzorda «Mash'al» ustidan g‘alaba qozondi
Superliganing 17-turidan oʻrin olgan "Mash'al" – "Dinamo" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
O‘yinda mehmonlar 2:4 hisobida zafar quchdi. Dastlab, uchrashuvning 2-daqiqasida Sherzod Fayziyev hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Sardor Abdurahimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib chiqib, "Mash'al"ni oldinga olib chiqqan edi. Shuningdek, 24-daqiqada "Dinamo" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqandliklarning ilk golini Ulug‘bek Hoshimov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, bo‘lim so‘nggida Jahongir Abdusalomov penaltidan unumli foydalangan holda, hisobni tenglashtirdi. G‘alabaga intilayotgan "Dinamo" 89 va 90+2-daqiqalarda gollar urib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng Abramov shogirdlari ochkolar sonini 33 taga yetkazib, 2-o‘rindagi OKMK bilan tenglashib oldi. "Mash'al" esa 15 ochko bilan 13-o‘rinda qolmoqda.
Superliga. 17-tur
"Mash'al" – "Dinamo" 2:4
Gollar: Sherzod Fayziyev, 2 (1:0), Sardor Abdurahimov, 5 (2:0), Ulug‘bek Hoshimov, 24 (2:1), Jahongirbek Abdusalomov, 45+5 pen (2:2), Behruzbek Obloqulov, 89 (2:3), Behruzbek Obloqulov, 90+2 (2:4)