locale OZ

Superliga. «Buxoro» - «Neftchi». Prevyu

Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Buxoro” - “Neftchi”. Prevyu
Фото: Нефтчи ПФК

"Neftchi" Superliganing 28-tur doirasidagi uchrashuvini "Buxoro" futbol klubi bilan safarda oʻtkazadi.

Statistikaga nazar tashlaymiz. Shu kungacha "Neftchi" buxoroliklar bilan Superliga, Pro liga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida jami 67 marta oʻzaro toʻqnash kelgan.

Superliga chempionatidagi toʻqnashuvlarni inobatga olsak, ularning 15 tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan, 4 ta oʻyinda durang qayd etilgan va 36 ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 49-104 fargʻonaliklar foydasiga.

Jamoalarning oʻzaro uchrashuvlardagi eng yirik gʻalabalari 1999-yilgi futbol mavsumida qayd etilgan. Oʻshanda "Buxoro" oʻz maydonida 4:1 hisobidagi gʻalabani rasmiylashtirgan. Fargʻonada boʻlib oʻtgan javob bahsida esa "Neftchi" 5:0 hisobida zafar quchgan.

Buxoroda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

21.04.2023.
"Buxoro"-"Neftchi" 2:2
19.07.2018.
"Buxoro"-"Neftchi" 0:0
07.04.2017.
"Buxoro"-"Neftchi" 3:0
16.06.2016.
"Buxoro"-"Neftchi" 2:0
05.11.2015.
"Buxoro"-"Neftchi" 3:1

Eslatib oʻtamiz, Superliganing 28-tur doirasida oʻtkaziladigan "Buxoro"-"Neftchi" bellashuvini Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting