Superliga. «Bunyodkor» va «Nasaf» uchrashuvida durang qayd etildi
Superliga 24-turida “Bunyodkor” Toshkentda “Nasaf”ni qabul qildi.
Bellashuv jangovar 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ashortia birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Alibek Davronov muvozanatni tikladi. Tanaffus oldidan Amir To‘raqulov uzoq masofadan kuchli zarba bilan “qaldirg‘ochlar”ni yana oldinga olib chiqdi. Ammo 58-daqiqada Norchaev muvozanatni yana tiklashga erishdi.
Natijada “ajdarlar” ochkolari sonini 53 taga yetkazib, peshqadamikni davom ettirmoqda. “Bunyodkor” esa 40 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 24-tur
Bunyodkor – Nasaf 2:2
Gollar: Imeda Ashortia, 14 (1:0), Alibek Davronov, 21 (1:1), Amir To‘raqulov, 41 (2:1), Husayn Norchaev, 58 (2:2)
Noaniq penalti: Husayn Norchaev, 85 (“Nasaf”)