Superliga. \"Bunyodkor\" super kambek evaziga \"Sog‘diyona\"dan ustun keldi
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Sog‘diyona" bahsi yakunlandi.
Toshkentdagi “Do‘stlik” stadionida kechgan o‘yinda “qaldirg‘ochlar” super kambek evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab 26-daqiqada Zoir Jo‘raboyev hisobni ochdi. 39-daqiqada Stanislav Andreev mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Tanaffus oldidan Nosirjon Abdusalomov hisobdagi farqni qisqartirdi.
Tanaffusdan so‘ng Ilyos Zeytullaev shogirdlari Luis Kachorri va Muzaffar Olimjonov tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa, “Bunyodkor” ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi. “Sog‘diyona” esa 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.
Superliga. 14-tur
“Bunyodkor” 3:2 “Sog‘diyona”
Gollar: Zoir Jo‘raboyev, 26 (0:1), Stanislav Andreev, 39 (0:2), Nosirjon Abdusalomov, 45 (1:2), Luis Kachorri, 71 (2:2), Muzaffar Olimjonov, 78 (3:2)