locale OZ

Superliga. «Bunyodkor» safarda «Navbahor»ni magʻlub etib, 5-o‘ringa koʻtarildi

«Qaldirg‘ochlar» 9 yillik tanaffusdan soʻng Namangandan gʻalaba bilan qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Bunyodkor» safarda «Navbahor»ni magʻlub etib, 5-o‘ringa koʻtarildi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
18.10.2025, Yak.
Navbahor Namangan
0
Bunyodkor
2

Oʻzbekiston Superligasi 25-turidan oʻrin olgan bahsda «Navbahor» va «Bunyodkor» oʻzaro to'qnash keldi. Yakunda «qaldirg'ochlar» 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab 7-daqiqada Imeda Ashortia toshkentliklarni oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada esa uning oʻzi dublni rasmiylashtirdi.

«Navbahor» 88-daqiqada Muhammadali G'iyosovning goli evaziga hisobni qisqartirgandi, biroq vaziyatga VAR aralashib, golni bekor qildi.

Shu tariqa, «Bunyodkor» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 43 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 5-o'ringa koʻtarilib oldi. «Navbahor» esa 37 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda.

Superliga. 25-tur

«Navbahor» — «Bunyodkor» 0:2

Gollar: Ashortia (7, 20).

Navbahor — Umidjon Ergashev (Shukron Yo‘ldoshev, 46), Azimjon Ahmedov, Zabihillo O‘rinboyev (Asadbek Jo‘raboyev, 84), Saidazamat Mirsaidov (Gilyerme Gedesh, 46), Jamshid Boltaboyev, Ruslanbek Jiyanov, Dostonbek Abdulxayev (Shohmalik Komilov, 46), Pedro Augusto (Muhammadali Gʻiyosov, 46), Muhammadbobir Mo‘ydinov, Abbos Gʻulomov, Igor Gabriel.

Bunyodkor — Valijon Rahimov, Najmiddin Normurodov, Imeda Ashortia (Aleksandr Zevadinov, 87), Rasul Yuldashov (Martin Shroler, 58), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Matiya Krivokapich, 58), Marko Bugarin, Nosirjon Abdusalomov (Mirkamol Annamatov, 76), Asadbek Rahimjonov, Itsuki Urata, Abdulazizxon Abdurashidov (Boburbek Yo‘ldashov, 58), Azizbek To‘lqinbekov.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting