locale OZ

Superliga. «Bunyodkor» OKMKga yutqazdi

16-turda «Bunyodkor» o‘z maydonida OKMKni qabul qildi.
Superliga. «Bunyodkor» OKMKga yutqazdi
photo: OKMK fk
O‘zbekiston Superligasi
08.08.2026, Yak.
Bunyodkor
2
ОКМК
3

Superliganing 16-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida OKMKni qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 26-daqiqada ochildi. «Bunyodkor» futbolchisi Dmitriy Pletnyov jamoasini oldinga olib chiqdi.

33-daqiqada OKMK penalti ishlab oldi va Siavash Haqnazariy to‘pni aniq zarba bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

39-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqov OKMKni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Aziz Xolmurodov mehmonlarning uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada Nosirjon Abdusalomov «Bunyodkor»ning ikkinchi goliga mualliflik qilib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi va OKMK muhim uch ochkoga ega chiqdi.

Olmaliqliklar 28 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Bunyodkor" 19 ochko bilan 10-pog‘onada.

Superliga. 16-tur
Bunyodkor — OKMK 2:3
8 avgust, Toshkent, «Bunyodkor» stadioni
Gollar:
Dmitriy Pletnev (26), Nosir Abdusalomov (47) — Siyovash Haqnazariy (33, penalti), Nodir Abdurazzoqov (39), Aziz Xolmurodov (42).
Bunyodkor — Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Rahmonov, Dmitriy Pletnev, Amir To‘raqulov, Sardor Abdunabiyev (Islom Anvarov, 46), Muhammad Hakimov, Shahzod Ne’matjonov (Abdulfayz Bobomurodov, 66), Muzaffar Olimjonov (Abdulqodir Mirfayziyev, 86), Nosir Abdusalomov, Shamsiddin Tursunmahamadov, Azizbek To‘lqinbekov (Muhammadali Adhamov, 83).
OKMK — Javohir Ilyosov, Shahzod Toirov, Giorgi Papava, Avaz O‘lmasaliyev (Abror Karimov, 46), Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Urosh Koyich, 72), Asad Sobirjonov (Ivan Peshich,72) Nodir Abdurazzoqov (Hazrat Tursunqulov, 83) Saidafzal Ahrorov, Arixiro Sentoku, Siyovash Haqnazariy
Ogohlantirish: Aziz Xolmurodov (54)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting