Superliga. «Bunyodkor» Farg‘onada «Neftchi»dan ustun keldi
Photo: Neftchi PFK
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.
Bahsda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Martin Shroler 50-daqiqada hisobni ochdi, Boyan Tsiger muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Sardor Abdunabiev kiritgan gol toshkentliklarga 3 ochko olib keldi.
Shu tariqa "Bunyodkor" 30 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. "Neftchi"da ham xuddi shuncha ochko bor, ular 3-o‘rinda.
Superliga. 16-tur
“Neftchi” 1:2 “Bunyodkor”
Gollar: Martin Shroler, 51 (0:1), Boyan Siger, 55 (1:1), Sardor Abdunabiev, 87 (1:2)
Bahrom Bobonov
Redaktor