locale OZ

Superliga. Bugun turniing ikki markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Bugun turniing ikki markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi
Photo: UzPFL

Bugun O‘zbekiston chempionatida 15-tur o‘yinlari davom ettiriladi.

Xususan, Samarqandda peshqadamlar jangi o‘tkaziladi. “Dinamo” klubi amaldagi chempion, peshqadam “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. Bu tur markaziy o‘yini ekani hech qanday shubhasiz.

Yana bir markaziy bahs Toshkentda kechadi. “Paxtakor” raqibini ayamay kelayotgan “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi. Bu ham turnir jadvali uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Har ikkala bahs soat 20:00da boshlanadi. Tabiiyki, muxlislar ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuborishmaydi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting