Superliga 30-tur anonsi. Kim kimga qarshi o‘ynaydi?
Ushbu tur bellashuvlari 29 noyabr kuni start olib, 30 noyabr kuni yakunlanadi.
Фото: UzPFL
Superligada 29-tur uchrashuvlari nihoyasiga yetdi.
So‘nggi tur bellashuvlari 29 noyabr kunidan start oladi.
Shu turda sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi. “Nasaf” va “Dinamo” Qarshida bellashadi.
“Paxtakor” esa “Navbahor” mehmoni bo‘ladi. Hozirda “sherlar” turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va kumush medallarini qo‘lga kiritishi mumkin.
Chempion “Neftchi” esa “Xorazm” mehmoni bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist