Superiga. Nasaf» Olmaliqda OKMK ustidan g'alaba qozondi
Superliga 15-turining markaziy bellashuvlaridan birida «Nasaf» Olmaliqda OKMKga qarshi o‘ynadi. Unda «ajdarlar» 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bobur Abduxoliqov va Sharof Muhitdinov «Nasaf» safida gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli esa Avazbek O‘lmasaliyev hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. Olmaliq klubi esa 25 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Superliga. 15-tur
OKMK – Nasaf 1:2
Gollar: Bobur Abduxoliqov, 8 (0:1), Sharof Muhiddinov, 61 (0:2), Avazbek O‘lmasaliyev, 70 (1:2)
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev (21.Xazrat Tursunqulov, 64), 9.Aziz Xolmurodov, 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 71), 17.Nodir Abdurazzoqov (11.Ali Abdurahmonov, 64), 22.Saidafzalxon Axrorov, 44.Abror Karimov (3.Shahzod Toirov, 46), 88.Siyavash Xaqnazariy (28.Arixiro Sentoku, 64).
Nasaf: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala (70.Abbos G‘ulomov, 68), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (22.Diyorbek Abdunazarov, 79), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov (4.Akrom Komilov, 87), 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 79), 32.Quvonchbek Xushvaqtov (18.Bekjon Rahmatov, 68).