Spuerliga. «Navbahor» alamli tarzda OKMKdan mag'lub bo'ldi
Superliga 12-turida «Navbahor» Toshkentda OKMKni qabul qildi. Unda 3:2 hisobida olmaliqliklar g‘alaba qozondi.
Dastlab Jiyanov 8-daqiqada hisobni ochdi. 20-daqiqada Tursunqulov muvozanatni tikladi. 31-daqiqada Norchayev «lochinlar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Abdurahmonov muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada Sentoku mehmonlarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Bu natijadan so‘ng «Navbahor» 20 ochko to‘plab, 4-o‘rinda bormoqda. Olmaliqliklar esa 19 ochko bilan 6-pog‘onada.
Superliga. 12-tur
Navbahor – OKMK 2:3
Gollar: Ruslanbek Jiyanov, 8 (1:0), Hazratjon Tursunqulov, 20 (1:1), Husayn Norchayev, 31 (2:1), Ali Abdurahmonov, 82 (2:2), Sentoku, 90+3 (2:3)
Navbahor – Yusupov, Mamatkazin, Komilov, Jiyanov, Xolmatov, Norchayev, Ro‘ziyev, Rahimjonov, Ilich (Adhamzoda, 46), Jgerenaya (Chichinadze, 67), G‘ulomov (Fernandes, 63).
OKMK – Ilyosov, Papava, O‘lmasaliyev, Ahmadaliyev, Turdialiyev (Abdurahmonov, 80), Xolmurodov, Sobirjonov (Sentoku, 65), Tursunqulov, Axrorov, Karimov, Xaqnazariy (Koyich, 65).