Sneyder CHL finalidagi favoritni aytdi
Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1
«Real» va «Inter» klublarining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder Chempionlar Ligasi finali haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Hal qiluvchi uchrashuvda «PSJ» hamda «Arsenal» o‘zaro to‘qnash keladi.
«Agar mendan Chempionlar Ligasi finalida kim g‘alaba qozonishini aytish so‘ralsa, “PSJ”ni tanlagan bo‘lardim. Ammo “Arsenal” himoyada juda yaxshi o‘ynamoqda. Ularda eng yuqori darajadagi ikki markaziy himoyachi bor», — dedi Sneyder.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Vengriyaning Budapesht shahrida tashkil etiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist