«Sho‘rtan» 7 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Photo: Shurtan PFk
Superliga ikkinchi davrasi oldidan jamoalar tarkibida o‘zgarishlar davom etmoqda.
G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi bugun Shoolim Toshimov, Shahzodjon Ne'matjonov, Asadbek Saitxonov, Javohir Hasanov, Kamron Saydazimov, Suhrob Ergashyev hamda Lazizjon O‘rinov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Avvalroq jamoani Sirojiddin Qo‘ziyev, Daler Sharipov, Murodxo‘ja Jabbarov va Shahboz Nuriddinov ham tark etgandi.
Ketganlarning o‘rniga esa Abubakr Rizo Turdialiev, Po‘lathoja Xoldorxonov, Muhammadaziz Ibrohimov va Odilbek Abdumajidov kabi futbolchilar kelib qo‘shilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist